Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi – kelajak bunyodkori
11:57 / 2025-09-30

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan asosiy g‘oya o‘qituvchilarga sharoitlar yaratib berish, o‘quvchilarga zamonaviy bilimlarni berish, maktablarda raqamli va IT infratuzilmani kuchaytirish, shuningdek, o‘qituvchilar maqomini oshirish orqali ta’lim sifatini yuksaltirishdan iboratdir.

Bugun ushbu ezgu tashabbuslar amalda o‘z samarasini bermoqda. Xususan, Buxoro viloyati Olot tumanidagi 1-umumta’lim maktabida informatika fani o‘qituvchisi bo‘lib faoliyat yuritayotgan Komil Elmurodov bu islohotlarning jonli namunasiga aylandi.

– Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar raqamli bilimlar, IT va kasb-hunar yo‘nalishlariga e’tibor tufayli bizda endi aqlli mashinalar yasalyapti. O‘quvchilar inson yuzini aniqlay oladigan, to‘siqlardan aylanib o‘tadigan robotlar ustida ishlayapti. Bu ilgari faqat orzu edi, endi esa maktabimizdagi real holatdir. Ayni kunda maktabda IT va robototexnika to‘garaklariga 50 nafardan ortiq o‘quvchi qiziqish bildirgan. Hozirda 15 dan ziyod iqtidorli o‘quvchi o‘z loyihalari ustida mustaqil izlanmoqda. Bu natijalar faqat bilim emas, balki ishonch, motivatsiya va yaratilgan sharoit natijasidir, – deydi Komil Elmurodov.

Komil Elmurodov bugungi kunda dars beruvchi emas, balki yoshlarni kelajakka tayyorlayotgan murabbiy, muhandislik va innovatsion tafakkurni uyg‘otayotgan yo‘lboshchi sifatida qadrlanmoqda. Axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, robototexnika bular endi faqat yirik shaharlarda emas, balki har bir qishloq maktabida ham rivojlanmoqda. Ta’lim sohasiga berilgan e’tibor bu avlodlar kelajagiga qaratilgan eng muhim investitsiyadir. 

Zarif Komilov, O‘zA