Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qituvchi bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor bo‘lishi kerak
18:49 / 2021-08-17

Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanida umumta’lim maktablarida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik, pedagoglar nufuzini oshirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarning kiyinish madaniyati masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Umumta’lim maktablari direktorlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlar, o‘qituvchilar ishtirok etgan tadbirda tumandagi maktablarda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik borasida amalga oshiilgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, pedagoglar faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quvchilar o‘rtasida, balki jamiyatdagi nufuzini ko‘tarish, o‘qituvchi va o‘quvchilarning kiyinish madaniyati, bu borada ko‘plarga ibrat bo‘layotgan ilg‘or tajribalar xususida atroflicha so‘z yuritildi.

– bugungi kun o‘qituvchisi bilimli, izlanuvchan, tashabbuskor, eng asosiysi, hayotdagi yangiliklarni faoliyatiga ijodiy tatbiq etib, o‘quvchini erkin fikrlashga, puxta bilim olishga yo‘naltira olishi kerak, – deydi Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining Ma’naviiy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Gulxayo Omonova. – Shundagina u kasbiy sohada yuqori natijalarga erisha oladi, qolaversa, uning jamiyatdagi nufuzi yanada ortadi.

[gallery-3462]

Maktablardagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, o‘qituvchilarning mavzu doirasida olib borayotgan ishlari maktab jamoalari tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmalar orqali namoyish etildi. Belgilangan yo‘nalishlardagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, umuman, mavzu doirasidagi ishlarni sifat jihatdan yanada yuqori bosqichga ko‘tarish yuzasidan taklif, fikr va mulohazalar bildirildi.

Karantin qoidalariga amal qilingan holda o‘tkazilgan seminar yakunida ko‘rilgan masalalarni samarali tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilib, qilinishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.

Bir guruh ilg‘or va faol o‘qituvchilar xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirildi.

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA