Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash imkoni berildi
13:12 / 2022-08-07

Kecha xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan hamda respublika davlat oliygohlariaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli yakunlangan edi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, arizalarni ko‘rib chiqishda ko‘plab murojaatlarda tegishli hujjatlar to‘liq yuklanmagani, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi kiritilgani, turdosh bo‘lmagan yo‘nalish belgilangani hamda yana boshqa sabablarga ko‘ra rad etilgan.

Shuni inobatga olib, 5 avgustgacha transfer.edu.uz tizimidan respublika davlat OTMaro o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10 avgustga qadar arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

O‘zA