O‘qishni ko‘chirib berish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi
Fuqaro A.I. boshqa bir fuqaro O.R.ning ishonchiga kirib, o‘qish masalasida undan 1,5 ming AQSH dollari olgan.
Unga tanishlari yordamida qo‘shni davlatdagi oliy o‘quv yurtining birinchi kursini tamomlagani to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Toshkent shahridagi universitetlardan biriga o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan.
Ammo "operatsiya" Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh etildi.
Ashyoviy dalillar bilan ushlangan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
O‘zA