French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘qishga kiritishni va’da bergan shaxs qo‘lga olindi
14:52 / 2022-08-01

Buxorodagi tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.  

Buxoroda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Romitan tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan E.N. ismli shaxs fuqaro M.H. ni Buxoro shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumiga vakolatli tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da beradi. 

Evaziga 1500 AQSH dollari miqdoridagi pullarni so‘rab, oldindan kimyoviy ishlov berilgan 400 AQSH dollarini olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan jinoyat ustida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan fuqaro E.N. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA