O‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan o‘qituvchi ushlandi
1999 yilda Ishtixon tumanida tug‘ilgan, mazkur tumandagi maktablarning birida o‘qituvchilik qilib kelayotgan fuqaro N.A. o‘z mansab faoliyatidan foydalangan holda ikki nafar fuqaroni Samarqandda ochilishi rejalashtirilgan “Nukus innovatsion instituti” nomli xususiy oliygohning 2-bosqichidan o‘qishga kiritishni va’da qilib, buning evaziga ulardan 500 AQSH dollaridan pul talab qilgan.
DXX Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.A. ikki nafar fuqarodan firibgarlik yo‘li bilan 1000 AQSH dollarini olayotgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga olingan
Hozirda ushbu shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
O‘zA