Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“O‘qish+ish” dasturini muvaffaqiyatli yakunlanganlar Yaponiyada rasmiy ish faoliyatini boshlashi mumkin 
12:50 / 2025-12-22

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev hamda kunchiqar yurtning “Proud Partners” kompaniyasi direktori Suzuki Ryuji o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Yaponiyada ishlash istagini bildirgan, B–C toifali haydovchilik guvohnomasiga ega 200 dan ortiq nomzod ishtirok etgan tanlov natijalari muhokama qilindi

Ta’kidlanishicha, 166 nafar nomzod “o‘qish + ish” dasturida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tomonlar 2026 yil uchun hamkorlik rejalarini belgilab olishdi. Jumladan, “o‘qish + ish” dasturlari hajmini kengaytirish, nomzodlar tayyorgarligini yanada kuchaytirish, Yaponiya mehnat bozori talablariga mos yangi yo‘nalishlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.                                                   

Ma’lumot o‘rnida: “o‘qish + ish” dasturida o‘qish muddati 6–8 oy bo‘ladi. O‘quv dasturlari 2026 yil fevral oyidan boshlanishi rejalashtirilgan. Nomzodlar yapon tilini chuqur o‘rganishi va belgilangan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etishi talab etiladi. 

Mazkur kurslarda o‘qish bepul bo‘lib, uzoq hududlardan kelgan nomzodlar yotoqxona bilan ta’minlanadi. O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlagan nomzodlar Yaponiyada rasmiy ish faoliyatini boshlaydilar.                                                     

G.Sattorova, O‘zA