Abdulla Avloniy ta’kidlaganidek, qizlar bilim olishga hammadan ko‘proq intilishlari lozim, zero, bu bilimlar bilan ular kelajak avlodni tarbiyalaydilar.
Poytaxtimizda “Ta’lim transformatsiyasi: ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Anjuman doirasida ta’lim transformatsiyasida gender tenglik masalalari, ilm-fan taraqqiyotida rahbar ayollarning roli, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasida olima ayollarning ishtiroki, xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, ilm – fan taraqqiyoti, texnika va innovatsiyalar samaradorligini oshirishda olima ayollarning ishtirokini ta’minlash kabi masalalar xususida so‘z bordi.
Darhaqiqat, oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi. Mamlakatimizdagi mavjud qonunchilikka ko‘ra, ayollarga bir qator imtiyoz va yengilliklar berilgan. Unga ko‘ra, xotin-qizlar ta’lim olish, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, to‘lovsiz magistraturada o‘qish va imtiyozli uy-joylar olish imkoniyatiga ega.
[gallery-16076]
Shuningdek, jamiyat hayotining turli jabhalarida gender tenglikni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlari qatoriga kiradi.
Xalqaro anjumanda qayd etilishicha, so‘nggi uch yilda to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz ta’lim krediti berilishi yo‘lga qo‘yildi. Kollej va texnikumlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan xotin-qizlar uchun davlat granti ajratilishi belgilandi. Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda davlat granti asosida qabul doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berilishi hamda magistraturada o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari qaytarish shartisiz qoplanishi tartibi joriy etildi.
Tadbirda yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik va amalga oshirilayotgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlar, globallashuv sharoitida xotin-qizlarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirishning zamonaviy muammolari, ta’lim tizimini modernizatsiyalashda xotin-qizlarning o‘z qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlari muhokama qilindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0ejl_KWfyRs" title="Oqila va oʻqimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA