Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oqgul va Sabina turnirni g‘alaba bilan boshladi
15:06 / 2016-06-22

Tennischilarimiz Oqgul Omonmurodova hamda Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Shvetsiya va Rossiyada tashkil etilgan turnirlarni muvaffaqiyatli boshladi.

Tennischilarimiz Oqgul Omonmurodova hamda Sabina Sharipova Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Shvetsiya va Rossiyada tashkil etilgan turnirlarni muvaffaqiyatli boshladi.

Shvetsiyada o‘tayotgan "Ystad – 2016" xalqaro turnirining birinchi davrasida tajribali sportchimiz Oqgul Omonmurodova norvegiyalik Andrea Roxoldtni 6:3, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi u keyingi bosqichda serbiyalik Deyana Radanovichga qarshi kortga chiqadi.

Iqtidorli tennischimiz Sabina Sharipova Rossiyada tashkil etilgan “Moscow open – 2016” musobaqasining yakkalik bahslarida mezbon tennischi Karina Sarkisovani 6:4, 6:7, 6:4 hisobida yengdi va ikkinchi davrada Alina Silich (Rossiya) bilan raqobatlashadigan bo‘ldi.

Sabina juftlik bahslarida slovakiyalik Mixaela Gonsova bilan birga rossiyalik Anna Kalinskaya va Anastasiya Komardina juftligi ustidan zafar quchdi. Turnirning chorak finalida Sabina va Mixaela rossiyalik tennischilar Natela Dzalamidze va Veronika Kudermetova bilan kuch sinashadi.