French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“OQDARYO IPAGI” MCHJ tomonidan 1 million AQSH dollardan ortiq ipak mahsuloti eksport qilindi
16:05 / 2023-07-03

Joriy yilgi pilla mavsumida Oqdaryo tumanida 316,1 tonnadan ziyod pilla xirmoni yig‘ilib, reja 100,4 foizga bajarildi.

Yetishtirilgan pilla xomashyosi bugungi kunda “OQDARYO IPAGI” MCHJda 70 nafarga yaqin ishchi-xodimlar tomonidan qayta ishlanib, ipak mahsulotlarini eksportga tayyorlash ishlari olib borilmoqda.    

2023 yil mazkur korxonada qiymati 2,5 million AQSH dollardan ortiq mahsulotni eksportga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan bo‘lib, hozirda 1 million AQSH dollardan ortiq ipak mahsuloti horijga eksport qilindi.    

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yil avgust oyida Oqdaryo tumanida ming  quti ipak qurti parvarishlanib, takroriy pilla yetishtirish rejalashtirilgan.  

 

Gulnoza Boboyeva,  

O‘zA