Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!
13:56 / 2025-06-27

Keyingi yillarda yurtimizda yoshlarga o‘z salohiyatlarini namoyish etishlari uchun zarur imkoniyat va sharoitlar yaratilmoqda. Zero, yurt taraqqiyotini zamonaviy bilim va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yoshlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, yoshlarning iqtidorini aniqlash va uni rivojlantirish muhim masalaga aylangan.

Ajdodlarimizning boy merosini o‘rganib, har taraflama yetuk, diniy va dunyoviy bilimlarni puxta egallagan barkamol avlodni voyaga yetkazishga salmoqli hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi navbatdagi bitiruvchilarini hayot yo‘lining yangi davri sari kuzatmoqda.  

Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Oq yo‘l sizga, aziz bitiruvchi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Mazkur marosimda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, akademiya professor-o‘qituvchilari, bitiruvchi talabalar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.  

Tantanali marosimni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik so‘zi bilan ochib berdi.  

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar, Islomshunoslik va mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda 10 ta kafedra faoliyat yuritmoqda. 2024/2025 o‘quv yilida 309 nafar talaba bakalavriat hamda 95 nafar yigit-qiz magistratura bosqichini tamomlamoqda.  

Ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbirida samarali faoliyat ko‘rsatgan professor-o‘qituvchilar, bitiruvchi yoshlar hamda faol talabalar taqdirlandi.  

Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, "Quvnoqlar va zukkolar" dasturlari, talabalar tomonidan kuylangan kuy-qo‘shiqlar, she’rlar,  san’atkorlarning chiqishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.  

Shuningdek, bitiruv tadbiri doirasida 2024-2025-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotni ta’minlash maqsadida ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi.  

Unda ishga tanlov yuzasidan ish beruvchilarning bitiruvchilar bilan suhbat jarayonlari tashkil etildi. Mazkur jarayonda 10 ga yaqin davlat va nodavlat tashkilotlarining vakillari ishtirok etdi.  

Tadbirda faollik ko‘rsatgan bir guruh ish beruvchi tashkilotlar vakillariga Akademiya tomonidan esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi.

N.Usmonova,

O‘zA