Oq uy yaqinida ikki AQSH harbiy xizmatchisiga qurolli hujum uyushtirildi
“ABC News” telekanali xabar berishicha, Vashingtondagi Oq uydan bir necha yuz metr narida ikki harbiy xizmatchi, taxmin qilinayotgan Milliy gvardiya a’zolari qurolli hujumga uchragan. Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchi zararsizlantirilgan.
Prezident Donald Trampning fikricha, ushbu voqea noqonuniy migrantlar mamlakat uchun asosiy tahdid ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Qolaversa, u jinoyatchi AQSHga Afg‘onistondan kelganini ham ta’kidlagan.
Vakillar palatasi a’zosi Anna Paulina Luna askarlarga o‘q uzgan shaxsning fuqaroligi haqida tarqalgan xabarlardan so‘ng sobiq Prezident Jo Bayden ma’muriyati davrida mamlakatga kirib kelgan barcha afg‘on fuqarolari shaxsini tekshirishga chaqirgan.
S.Rahimov, O‘zA