Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq uy Yaponiyani “AUKUS” ga kiritilishi haqidagi xabarlarni rad etdi
10:33 / 2022-04-14

Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki Yaponiya axborot manbalarida AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya Tokioga “AUKUS” blokiga qo‘shilish taklifini bildirgani haqida tarqalgan xabarlar yolg‘on ekanligi yuzasidan bayonot berdi.

"NBC News" xabarida  Jen Psakining “Bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi” degan nutqi  iqtibos qilib keltirilgan.

Oq uy matbuot kotibi, shuningdek, ayni damda ushbu guruh a’zolarining asosiy maqsadi – ilg‘or qurollarni birgalikda ishlab chiqarish dasturini shakllantirishdan iborat ekanligini qayd etgan.

Xabarda eslatilishicha, avvalroq Yaponiyaning “Sankei” nashri AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya Yaponiyaga “AUKUS” blokiga qo‘shilish taklifini bildirgani, Yaponiyani kiritilishi bilan guruh “JAUKUS” nomini olishi mumkinligi yuzasidan xabarlar tarqatgan edi.