English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq uy Xitoyning Tayvanda harbiy faoliyatni kuchaytirishi uchun sabab ko‘rmayapti
09:38 / 2022-08-04

AQSH ma’muriyati Pekinda harbiy harakatni kuchaytirish uchun asos yo‘q, deb hisoblaydi. AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga amalga oshirgan safariga qaramay, Vashington Xitoy tomonidan tashlanadigan keyingi qadamlarni kuzatishda davom etadi, deya bayonot berdi Oq uy matbuot kotibi Karin Jan-Per.

Jan-Per quyidagi so‘zlarni ham qo‘shimcha qilgan: 

- Biz bu safar ko‘p yillik siyosatimiz o‘zgarmaganini yana bir bor tasdiqlab qo‘ydik. Pekin bu voqeani biror inqirozga aylantirishi, Tayvan bo‘g‘ozida yoki shu atrofda tajovuzkor harbiy harakatni kuchaytirishi uchun bahona-sabab yo‘q, deb hisoblaymiz. AQSH Xitoyning shunday harakat qilishini bilgan. Bizning siyosatimiz o‘zgarmaydi. Pekinning amaliga qarab, shunga muvofiq harakat qilamiz.


O‘zA