English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq uy: Turkiya modernizatsiya qilingan F-16 samolyotlarini olishi kerak
12:26 / 2023-03-24

AQSH ma’muriyatining fikricha, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarining modernizatsiya qilingan versiyasini olishi kerak, chunki bu NATOning mudofaa imkoniyatlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, deb bayonot berdi Davlat kotibi Entoni Blinken.

“Bizning fikrimizcha, Turkiya F-16 qiruvchi samolyotlarining takomillashtirilgan versiyasini  hamda  Turkiyaning o‘zida mavjud bo‘lgan  shu  turdagi samolyotlarni ham modernizatsiya qilish uchun yordam paketini olishi kerak. Biz buni NATO uchun ham, alyans uchun ham muhim, deb hisoblaymiz”, – dedi Blinken AQSH Vakillar palatasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasida so‘zga chiqib. 

Shu bilan birga, u Turkiya kelajakda keyingi avlod F-35 qiruvchi samolyotlarini ham olishi mumkinmi, degan savolni javobsiz qoldirgan.