Oq uy Erdog‘anning Sochiga tashrifi rejasiga izoh berdi
Qo‘shma Shtatlar Turkiyaning Rossiya bilan aloqasi haqida nima ham deyishi mumkin?! Vashingtonning o‘zi Anqara bilan munosabatni rivojlantirmoqda. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Jon Kirbi ma’lum qildi.
Ayni fikr 5 avgust kuni Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning Sochida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazadigan muzokarasini sharhlab berishi yuzasidan qilingan murojaatga javoban bildirildi:
- Turkiya Rossiya bilan ikki tomonlama munosabatga ega. Bu davlatlar hamkorlikda don kelishuvi bo‘yicha qo‘shma muvofiqlashtiruvchi markaz yaratishda ishtirok etishdi. Ishonchim komilki, o‘zaro muhokama qilinadigan bir qator boshqa mavzular ham bor. Biz esa Suriyada terrorizmga qarshi kurash, NATOdagi hamkorlik va Ukraina voqealar sabab Turkiya bilan muntazam aloqada bo‘lib turibmiz.
O‘zA