AQSH Xitoy ustidan strategik raqobat doirasida g‘alaba qilish niyatida, deb bayonot berdi chorshanba kuni Oq uy milliy xavfsizlik kengashining strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi.
"Bu strategik raqobat bo‘lib, prezident ishonganidek, Qo‘shma Shtatlar g‘alaba qila oladi. Bu shuningdek, Hind – Tinchummoni mintaqasi uchun ham aniq tahdid soladi va biz bunga tayyormiz", – dedi u brifingda.
Kirbining qo‘shimcha qilishicha, AQSH Xitoy bilan ikki mamlakat hamkorlik qila oladi, jumladan, iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ham umumiy manfaatlar mavjudligiga ishonadi.
Chorshanba kuni Xitoy tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Van Venbin Xitoy AQSHni eskirib ketgan Xitoy xavfi nazariyasini tarqatishni to‘xtatib, yaxshisi, ochiqlik va o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishning yangi konsepsiyasiga o‘tish bilan shug‘ullanishga chaqirgan edi.
Bundan avvalroq AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak telefon orqali suhbatlashib, Xitoy tomonidan kelayotgan tahdidlarga birgalikda javob berishga kelishib olgandi.