Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘q otish sporti: Qit’a chempionatidagi medallarimiz soni 3 taga yetdi
15:06 / 2025-08-27

Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘q otish sporti bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan XVI Osiyo chempionati musobaqalari davom etmoqda.

27 mamlakatning 756 nafar sportchisi ishtirokida o‘tayotgan chempionatning kecha tashkil etilgan bahslarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 10 metr masofadan o‘q otish yo‘nalishida, shuningdek stenddan otish turining trap yo‘nalishidagi jamoaviy bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu bilan hamyurtlarimizning chempionatdagi medallari soni 3 taga yetdi.

Chimkentdagi “Shymkent Shooting Plaza” majmuasida o‘tayotgan qit’a chempionati bahslari 30 avgustga qadar davom etadi.

Eslatib o‘tamiz qit’a birinchiligining ilk kungi musobaqasida terma jamoamiz a’zosi Ilhombek Obidjonov yoshlar o‘rtasida 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish dasturida kumush medalga ega chiqqan edi.

T.Ro‘ziyev,

O‘zA