Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oq libosli Albinos hayvonlar
17:52 / 2021-06-02

Albinizm nafaqat odamlarda, balki hayvonlarda ham kam uchraydigan xususiyat sanaladi. Shu sabab tabiatda albinos hayvonlarni uchratish qiyin. Albinizm – bu melanin pigmenti yo‘qligi natijasida yuzaga keladigan holat. Yorqin oq rangning sababi teriga yoki mo‘ynaga rang yetishmovchiligi natijasida yuzaga keladi. Quyida yillar mobaynida dunyo olimlari tomonidan o‘rganilgan ayrim albinos hayvonlari bilan tanishing.

Tovus – tabiatan rang-barang patlarga ega eng go‘zal qushlardan biri aslida. Ammo ushbu qushning ham firuza bezaklari o‘rnida oppoq qorli qanotlar bo‘lishi mumkin ekan. Ushbu oq tovuslar maxsus tanlangan eng go‘zal oq tovuslar sanaladi.

Alligatorlar (timsohlar) suv havzalarida, botqoqlarda va daryolarda yashaydi. Ushbu hayvon asosan Florida shtatida uchraydigan sudraluvchi jonzotlardan biri, ammo ularni Amerikaning boshqa qit’alarida ham ko‘rish mumkin. Sudralib yuruvchilarning qattiq va botqoq rangdagi terisi ularni o‘lja ilinjida suv-botqoq joylarda yashirinishga ko‘mak beradi. Afsuski, bu imkoniyat oq timsohlarda yo‘q. Oq ranglilik o‘ljani tutishni qiyinlashtiradi, lekin o‘z hududini himoya qilishda yaxshigina qo‘l keladi. Shunga qaramay, u haqiqatan ham ajoyib jonzot. Shunday emasmi?

Arslonlar o‘ttizga yaqin sherlardan iborat jamoada yashaydilar, ammo ulardan faqat uchtasi erkak, qolgani urg‘ochi va ularning bolalari bo‘ladi. Suratdagi oq sher – Janubiy Afrika hayvonot olamining noyob rangli mutatsiyasi sanaladi. Ularning rangi albinizmni keltirib chiqaradigan bir xil gendan kelib chiqqan retsessiv xususiyat tufayli yuzaga keladi.

Kirpi 500 dan 700 tagacha kvilingdan tashkil topgan tikanli “palto”ga ega jonivor. Tikanlar ularni yirtqichlardan himoya qiladi. Kichkina jonzotlarning ko‘rish va eshitish qobiliyati juda zaif. Oq rangli mitti kirpilarni yovvoyi tabiatda himoya qilish anchayin dushvor, sababi uning ko‘zga yaqin oppoq terisi bir soniyada qayerdaligini “sotib qo‘yadi”.

Shvetsiyalik bug‘ular esa kiyiklar oilasining eng katta a’zosi. Ushbu jonzotning oq “libos”i qanday paydo bo‘lishidan qat’i nazar, u baribir go‘zallikka ega.

Afsuski, albinizm tabiatdagi hayvonlarning umrini qisqartirishi mumkin ekan, boisi yorqin oq mo‘yna yoki teri ularni yirtqichlar orasida ko‘zga yaqqol tashlanishiga sabab bo‘ladi. Jahondagi hayvonot bog‘ida saqlanuvchi albinos hayvonlar ko‘pincha ularning xavfsizligi va tashrif buyuruvchilarning quvonchi uchun tutqunlikda saqlanadi. Albinos maymunlari ana shunday hayvonlardan biri.

Ushbu Albinos gorillasiga olimlar Snoufleyk (qor alangasi) deb nom bergan. U Barselona hayvonot bog‘iga ko‘chirilishidan ilgariroq Ekvatorial Gvineyada yashagan. Olimlar Snoufleyk genlari ustida tadqiqot olib borishgach, ma’lum bo‘ldiki, ota-ona gorilla ham albinizm genining tashuvchisi bo‘lgan, natijada mutatsiya o‘z farzandiga ham o‘tgan. Ammo Snoufleyk melanin hosil qilmadi va dunyodagi yagona oq gorillaga aylandi.