English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘q-dorilarni O‘zbekiston hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanadi
13:51 / 2022-11-22

Ma’lumki, o‘q-dorilarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanadi. Buning uchun jazo muqarrarligi qonunlarimizda belgilangan.

Biroq, bojxona chegaralari orqali o‘q-dorilarni fuqarolar tomonidan olib o‘tishga bo‘lgan urinishlar afsuski uchramoqda.  

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro boshqaruvidagi “FORD FOCUS” rusumli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.  

Natijada avtomashina yuk xonasidan deklaratsiyada yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan 1 dona “GLETCHER GRACH NBB Cal. 4.5mm” nomli pnevmatik qurol, 2 dona qurol uchun gaz ballonlari va 1 dona idishda qurol uchun o‘qlarni olib kelayotganligi aniqlandi.  

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Ma’lumot uchun, viloyat bojxonachilari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 564 dona o‘q dorilarning bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishi oldi olindi.  

 

O‘zA