Tesla kompaniyasi Ilon Mask rahbarligida ishlab chiqayotgan Optimus gumanoid roboti yana yangilik bilan e’tibor qozondi.
Yaqinda Mask X ijtimoiy tarmog‘ida robotning kung-fu san’atini o‘rganayotgani aks etgan videoni e’lon qildi. Videoda robot murabbiy ko‘rsatmalariga sun’iy intellekt orqali mustaqil javob berayotgani, zarbalarga mos ravishda harakat qilayotgani ko‘rsatilgan.
Tesla vakillarining aytishicha, bu mashg‘ulotlar robotning muvozanat, koordinatsiya va aniqligini oshirishga xizmat qiladi. Yangi Optimus 2.5 versiyasi avvalgisiga qaraganda 30% tezroq, 10 kg yengilroq va harakatlari ancha tabiiyroq. Bundan tashqari, unga Teslaning Grok sun’iy intellekt yordamchisi integratsiya qilingan bo‘lib, robot endi inson bilan ovozli muloqot qila oladi.
Endilikda robotlar “vision-only” tizimi orqali o‘rganmoqda — ya’ni kamera orqali inson harakatlarini kuzatib, ularni takrorlaydi. Bu esa avvalgi “motion capture” kabi murakkab uslublarni o‘rnini bosadi.
Ilon Maskning ta’kidlashicha, 2040 yillarga borib dunyoda bir milliardga yaqin odamsimon robot bo‘lishi mumkin. Tesla esa bu bozorning kamida 10 foizini egallashni rejalashtirgan. 2025 yildan boshlab esa minglab Optimus robotlari Tesla zavodlarida ish boshlaydi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/eWkO7ljvG0A" title="Optimus roboti kung-fu o‘rganmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA