Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Opiy” ushlab qolindi
16:16 / 2025-08-06

Surxondaryo viloyat bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona postida mamlakatimiz hududiga olib kirishga urinilgan giyohvandlik vositasining g‘ayriqonuniy aylanishiga chek qo‘yildi.

Qo‘shni davlatdan chegara bojxona postiga kirib kelgan temir yo‘l yuk poyezdi bojxona xodimlari va Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari hamkorligida nazoratdan o‘tkazilayotganida 

vagonlardan birining tagiga yashirilgan bir dona rangsiz polietilen o‘ramdagi o‘ziga xos o‘tkir hidli ashyo chiqib qoldi.  

Polietilen o‘ram ochilib, maxsus elektron tarozida o‘lchanganida og‘irligi 195 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi ekani ma’lum bo‘ldi.  

Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xolmo‘min Mamatrayimov, O‘zA muxbiri