Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Opera va balet yulduzlarimiz Tojikistonda
17:06 / 2025-05-22

Prezidentimizning san’atning barcha yo‘nalishlarini rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibori natijasida teatr jamoalarining ijodiy safarlarga chiqish imkoniyati tobora kengaydi.

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri jamoasi tomonidan joriy yilning 21-24 may kunlari Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahriga gastrol safari amalga oshirilmoqda. 

Gastrol safari Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri bilan ikki tomonlama madaniy hamkorlik yuzasidan imzolangan memorandumga asosan o‘zaro kelishuvga ko‘ra tuzilgan dastur asosida tashkil etildi. 

2022 yilning yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov hamda Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri direktori Kamoliddin Sayfiddinzoda o‘rtasida ikki tomonlama madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, ikki davlat milliy opera va balet san’atini rivojlantirish yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolanib, ikki davlat teatrlari o‘rtasida o‘zaro gastrollar almashinuvini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishilgan. 

Bugungi kunga qadar Tojikiston akademik opera va balet teatrining bir qancha yetakchi solistlari Katta teatrga taklif etilib, ularning Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri sahnasidagi ijrosi o‘zbek tomoshabinlari tomonidan katta qiziqish bilan kutib olingan. 

Gastrol safari doirasida S.Ayniy nomidagi Tojikiston davlat akademik opera va balet teatri sahnasida ikki kun davomida teatrning yetakchi opera va balet solistlari, simfonik orkestri, balet va xor jamoalari ishtirokida "Balet kechasi" hamda katta gala-konsert namoyishi rejalashtirilgan. 

Orkestrga O‘zbekiston san’at arbobi Fazliddin Yoqubjonov va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Aida Abdullayeva boshchilik qiladi. 

N.Usmonova, O‘zA