English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Open byudjet" bo‘yicha 10 ta muhim savolga javob (+video)
21:09 / 2023-08-03

Xabaringiz bor, "Tashabbusli byudjet" jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17 iyul kunidan start oldi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra:

1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17 iyuldan 6 avgustgacha;  

2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6 avgustdan 26 avgustgacha;  

3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26 avgustdan 15 sentyabrgacha o‘tkaziladi.  

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi kutilmoqda. Bu mablag‘lar mavsum yakuniga qadar ortib borishi aytilgan.  

"Tashabbusli byudjet" jarayoni bo‘yicha beriladigan eng asosiy 10 ta savolga Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat byudjeti departamenti Bosh mutaxassisi Habibulla Hamidov javob berdi.  

Batafsil:        

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6enppcslluQ" title="&quot;Open byudjet&quot; bo‘yicha 10 ta muhim savolga javob" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, H.Abduvoitov O‘zA