French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Open Budjet”ni shakllantirish uchun qancha mablag‘ yo‘naltiriladi? (+video)
11:49 / 2023-05-27

Endilikda, har bir g‘olib bo‘lgan mahalla uchun 8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirish belgilanmoqda.

Har bir g‘olib mahallada kamida 3 ta yoki undan yuqori bo‘lgan loyihalar paketi shakllantiriladi. Bu – har bitta mahallada 3 tadan ortiq turli loyihalar amalga oshirilishi mumkin degani. Mahalla raisi o‘ziga tegishli bo‘lgan mahalladagi 6 ta loyihani kiritadigan bo‘lsa, fuqarolar ovoz berish jarayonida ushbu 6 ta tadbirdan 5 tasiga ovoz berib, 1 tasiga ovoz bermasa, o‘z-o‘zidan g‘olib deb topilgan loyiha tarkibidagi faqatgina 5 ta tadbir amalga oshiriladi, 6-loyiha tushib qoladi.

Qaysidir mahalla raisi o‘ziga tegishli bo‘lgan ammo mahalla uchun dolzarb bo‘lmagan loyihani kiritadigan bo‘lsa, ushbu  loyihalar keyinchalik fuqarolarning ovoz bermasligi natijasida tushib qolish imkoniyatini berishi uchun ushbu amaliyot joriy etilmoqda.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/lcj4Qv5ZmeU" title="«Open Budjet»ni shakllantirish  uchun qancha mablag‘  yo‘naltiriladi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Har bir tumandan nechta mahalla g‘olib deb topiladi?  

– Joriy yilda mamlakatimiz bo‘ylab 2.7 trillion so‘m  mablag‘ “Obod qishloq” va “Obod mahalla” loyihalarini shakllantirish uchun yo‘naltirish kutilmoqda. Ushbu 2.7 trillion so‘m mablag‘ tumanlardagi mavjud aholi va mahalla sonidan kelib chiqib taqsimlanishi belgilab berilgan, – deydi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i Azimjon Hasanov. – Natijada mahalla va aholi soni yuqori bo‘lgan tumanlarda 2 yoki 3 ta, nisbatan kichikroq bo‘lgan tumanlarda bitta mahalla g‘olib deb topiladi.  2024 yildan boshlab 4 trillion so‘m mablag‘ rejalashtirilgan. Ushbu summaning oshishi natijasida g‘olib deb topiladigan mahallalar soni ham ko‘payishi kutilmoqda.

N.Rahmonova, Yo.Meliboyev (video), O‘zA