Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OPEK jamg‘armasi O‘zbekistonga 40 million dollar ajratadi
21:45 / 2023-04-05

Xorij matbuoti O‘zbekiston haqida

BAA axborot agentligi “WAM” ma’lum qilishicha, OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi O‘zbekistonda shamol energiyasidan foydalanadigan ikkita elektr stansiyasi qurish, majmuadan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishga hissa qo‘shish uchun 40 million dollarlik ikkita kredit ajratadi. Bu qayta tiklanadigan energiya ishlab chiqarish, energiya majmuasini diversifikatsiya qilish va issiqxona gazi chiqindisini kamaytirish bo‘yicha mamlakatimiz salohiyatini oshiradi.

Jamg‘armaning Avstriya poytaxti Vena shahridagi qarorgohi tomonidan e’lon qilingan bayonotda OPEK Jamg‘armasi Bosh direktori doktor Abdul Hamid Al-Xalifa O‘zbekistondagi tegishli idoralar, xususiy sektor va energetika sohasida rivojlanish bo‘yicha mutasaddilar bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirdi. Arzon narxda toza energiya ishlab chiqarish va iste’mol qilishda qayta tiklanadigan energiya manbalari ulushini oshirishga qaratilgan loyihalarni taqdim etdi. 

O‘zbekistonning energetika sohsidagi rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy sektor ishtirokini oshirish muhim, - dedi Abdul Hamid Al-Xalifa.

Muharrama Pirmatova, O‘zA