Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
OPEC+ neft ishlab chiqarishni kuchaytirmoqda
20:13 / 2025-08-04

OPEC+ ittifoqiga a’zo 8 davlat kecha o‘tkazilgan virtual yig‘ilishda sentyabr oyidan boshlab neft ishlab chiqarish miqdorini kuniga 547 000 barrel oshirishga kelishib oldi. Bu qaror global neft ta’minotini kengaytirish va yil oxirigacha yonilg‘i narxini tushirishga xizmat qilishi mumkin.

Uchrashuvdan so‘ng e’lon qilingan bayonotda neft zaxirasi kamaygani, jahon iqtisodiyoti barqaror o‘sishi asnosida ishlab chiqarishni oshirish zarurati yuzaga kelganiga urg‘u berildi. Shu bilan birga "ixtiyoriy ravishda kamaytirilgan ishlab chiqarish bo‘yicha oldingi cheklov bozor holatiga qarab to‘xtatilishi yoki qayta joriy etilishi mumkin"ligi ta’kidlandi.

Ushbu qaror AQSH Prezidentining ishlab chiqarish hajmini o‘stirish to‘g‘risidagi avvalgi chaqirig‘i ortidan qabul qilindi. O‘tgan yillari OPEC+ neft narxini barqaror ushlash maqsadida ishlab chiqarishni kamaytirib kelayotgan edi.

Mazkur xalqaro tuzilma tarkibida 22 davlat birlashgan. ro‘yxatda Saudiya Arabistoni eng yirik ishlab chiqaruvchi hisoblanadi.

AQSH Hindistonga Rossiya neftini kamroq xarid qilish bo‘yicha bosim o‘tkaza boshlagan bir payt, ayni qaror xalqaro energetika siyosatidagi muvozanatga ta’sir qilishi ehtimoli bor.

Guruhning navbatdagi yig‘ilishi 7 sentyabrga belgilangan.

Musulmon Ziyo, O‘zA