Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Online-video” orqali MIB rahbariyatiga murojaat qoldirish imkoniyatidan foydalaning!
19:07 / 2022-10-14

Fuqarolarimiz murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlash Majburiy ijro byurosi organlari oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Aholi murojaatlarini qabul qilishda yanada qulaylik va shaffoflik yaratish, muammolarini tezkorlikda hal etish maqsadida, murojaatlar “Online-video” tizimi orqali ham qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Endilikda fuqarolarimiz har haftaning shanba kuni soat 10:30 dan boshlab o‘zlariga yaqin bo‘lgan yoki istagan hududdagi Byuroning hududiy boshqarma yoki bo‘limlariga borib, u yerda tashkil etilgan “Online-video” tizimi orqali Byuro rahbariyati bilan muloqot qilib, faoliyatga doir har qanday masala bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Murojaatchilar “Online-video” tizimi orqali murojaat yo‘llashga to‘sqinlik qilish holatlari haqida zudlik bilan (71) 207-11-59, 207-11-74 raqamli ishonch telefoniga xabar qoldirishi mumkin.

Murojaatlar bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

“Online-video” murojaatlarda ishtirok etgan fuqarolarga bu tizim har tomonlama qulaylik yaratadi.

Navbatdagi “Online-video” murojaat jarayonlari joriy yilning 15 oktyabr kuniga belgilangan.

Shuhrat Ne’matov, O‘zA