Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn video muloqot: tahliliy, tanqid va samara
16:54 / 2020-08-18

Onlayn video muloqotda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Onlayn video muloqotda Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi boʻlim boshligʻi Sh.Azizov Buxoro viloyati, tuman (shahar) partiya tashkilotlari tomonidan joriy yilning oʻtgan davri davomida bajarilgan amaliy ishlar bilan bir qatorda kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilganligini taʼkidladi.

Shuningdek, Markaziy Kengash Plenumi qarorlari boʻyicha bajarilgan ishlar va kadrlar masalasi, partiya aʼzolarini xatlovdan oʻtkazish, boshlangʻich partiya tashkilotlarini tuzish, aʼzolar sonini koʻpaytirish va badallar tushumlarini nazoratga olish haqida alohida toʻxtaldi. 2020-yil 1-sentyabrgacha har bir tuman, shahar partiya tashkiloti aʼzolarining aʼzolik badallari tushumi va yangi aʼzolar haqida toʻliq maʼlumot berish vazifasini topshirildi.

Yigʻilishda partiya aʼzolari safini xotin-qizlar, fidoyi yoshlar bilan kengaytirish, ularning ijtimoiy himoyasi, bandligini taʼminlash, sogʻligini muhofaza qilishga jiddiy eʼtibor qaratish kerakligi taʼkidlandi. Shuningdek, partiya huzuridagi “Ayollar qanoti”, “Yoshlar qanoti” yetakchilarining tarkibini qayta koʻrib chiqish, ularning ish rejalari, “Yoʻl xaritalari”ni bugunning talabi, partiya dasturiy maqsad vazifalariga asoslangan holda mustahkamlash boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yigʻilishda viloyatdagi mavjud ekologik muammolar, partiya dasturiy vazifalaridan kelib chiqib ularning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasida tahliliy maʼlumotlar ham koʻrib chiqildi.

Onlayn video muloqotda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Oʻzbekiston Ekologik partiyasi
Buxoro viloyati partiya tashkiloti matbuot xizmati