Onlayn: Tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi nega shakllantirilmagan?
Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning axboroti eshitilmoqda.
Oliy Majlis Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Aziz Abduhakimovning axboroti eshitilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 iyundagi qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari Dasturi ijrosiga oid axborotda ushbu yoʻnalishdagi yutuq va kamchiliklarga eʼtibor qaratilmoqda.
Aholiga ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini oshirish, profilaktika, diagnostika va davolashning zamonaviy usullari joriy etilayotgani qayd etildi.
2017 yilning 1 noyabriga qadar imtiyozli toifalarni va bolalarni alohida hisobga olgan holda tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar, shu jumladan, yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning doimiy yangilab boriladigan yagona elektron maʼlumotlar bazasini tashkil etish belgilangan. Ushbu vazifaning ijro muddati 2018 yil 1 yanvargacha uzaytirilgan.
Biroq, shu kunga qadar yuqori texnologik tibbiy yordamga muhtoj bemorlarning yagona elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilmagan.
Bu borada befarqlikka yoʻl qoʻyilgani tibbiy yordamga muhtoj bemorlarga oʻz vaqtida yordam koʻrsatishga monelik qilmoqda. Bu muammoning yuqori vakillik organida koʻtarilayotgani uni bartaraf etishga yoʻl ochsa ajab emas.