Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn-ta’limning bolalar sog‘lig‘iga zarari bormi?
21:13 / 2020-12-12

COVID-19 pandemiyasi tufayli joriy qilingan cheklovlar, jumladan onlayn-ta’limga o‘tish bolalarning ruhiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin, biroq uzoq muddatda keltiradigan zarari hali o‘rganilishi kerak, deydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mutaxassisi Vladimir Poznyak RIA Novostiga bergan intervyusida.

"Ayrim guruhdagi aholi, masalan, bolalar va o‘smirlar COVID-19 pandemiyasining ruhiy oqibatlariga moyil bo‘ladi, chunki bolalik va o‘smirlik yoshi neyrobiologiya, o‘zini tutish va ijtimoiy rivojlanish nuqtai-nazaridan eng qaltis davr hisoblanadi. O‘smirlik yoshida tengdoshlari bilan muomala qilish, tengdoshlarining qo‘llab-qo‘vvatlashi va ularning ta’siri ayniqsa muhimdir. Jismoniy masofa saqlash va COVID-19 tarqalishining oldini olishga qaratilgan choralar bolalar va o‘smirlarning tengdoshlari bilan birga bo‘lish imkoniyatini kamaytiradi, buning esa ruhiy sog‘liqqa ziyoni bor", - deydi Poznyak.

Uning aytishicha, bir tomondan, raqamli texnologiyalarning ommalashishi jismoniy masofani saqlash oqibatlarini biroz yumshatishi mumkin. Yoshlar do‘stlari bilan videochatlar orqali muloqot qilishi va  onlayn ta’lim olishni davom ettirishi mumkin. Uyda uzoq bo‘lishi esa o‘yin uchun hamda ota-onalari, aka-ukalari va opa-singillari bilan aloqalarni kengaytirish uchun qo‘l keladi.

"Boshqa tomondan olib qaraganda, barchaga yaxshi ma’lumki, internet orqali ijtimoiy aloqalarning ma’lum bir xavflari ham mavjud", - deya ta’kidladi JSSI eksperti.

O‘zA