Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn ta’lim jarayonida ota-onalar uchun noqulaylik keltirib chiqarayotgan Kundalik.com tizimi soddalashtiriladi
17:38 / 2022-02-01

Ma’lumki, joriy yil 24 yanvardan boshlab, koronavirus infeksiyasining yangi shtammi bolalar va yoshlar o‘rtasida tarqalish xavfini oldini olish maqsadida respublikamizning barcha maktablarida ta’lim jarayoni bir oy muddatga “Onlayn”, ya’ni masofaviy shaklga o‘tkazildi. Markaziy Osiyo bo‘ylab 25 yanvar kuni yuzaga kelgan "blekaut" sababli ko‘plab IT-kompaniyalar va uyali aloqa operatorlari ish faoliyatida uzilishlar yuzaga keldi. Afsuski, bu jarayon Kundalik platformasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar sabab, Xalq ta’limi vazirligi ko‘plab murojaatlarni inobatga olgan holda o‘qituvchi va ota-onalarga qulaylik tug‘dirish maqsadida masofaviy ta’lim davri yakuniga qadar elektron Kundalik platformasi bilan bog‘liq bir qator cheklov va talablarni bekor qilmoqda. 

AOKAda o‘tkazilgan brifingda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, endilikda o‘qituvchilar uyga vazifalarni o‘quvchi va ota-onalar bilan kelishgan holda Kundalik.com tizimi yoki istalgan boshqa ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yordamida qabul qilishlari mumkin. 

Bunda televideniye orqali efirga uzatilayotgan fanlar doirasida o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan uyga vazifalar “Onlayn-maktab” televizion dasturi orqali efirga uzatilayotgan darslariga mos bo‘lishi lozim. Uyga vazifa topshirilgandan keyin o‘qituvchilar tomonidan ularni baholash va qo‘yilgan baholarni Kundalik.com tizimiga yoki Kundalik.com joriy qilinmagan maktablarda bosma shakldagi sinf jurnallariga qo‘yish uchun 5 (besh) kun muddat beriladi. 

Shuningdek, o‘qituvchilar har kunlik uyga vazifalarni belgilangan ish me’yorlari va vaqtlari doirasida, bir kunda ko‘pi bilan 20 (yigirma) foizini baholashi mumkin. Masalan, sinfda 35 nafar o‘qituvchi bo‘lsa, bir kunda 7 nafar o‘quvchi uyga vazifa topshirib baholanadi.Keyingi dars uchun keyingi 7 kishi baholanadi. Ushbu me’yordan ortiq o‘quvchini baholash o‘qituvchining o‘z ixtiyoriga ko‘ra, o‘quvchi va ota-onalar bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. 

Shu bilan birga o‘qituvchilarimizga masofaviy, ya’ni onlayn shakldagi ta’lim davri mobaynida Kundalik.com statistik hisobotida “darslarni o‘z vaqtida qayd etish” va “rejalashtirish” ko‘rsatkichlari hisobga olinmaydi. 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA