Soʻx tumanidagi asosiy muammolardan biri ishsizlikdir. Aksariyat aholi Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda ishlab, daromad topar edi.
ONLAYN: Soʻx tumanidagi asosiy muammolardan biri ishsizlikdir. Aksariyat aholi Rossiya Federatsiyasi va boshqa davlatlarda ishlab, daromad topar edi.
Pandemiya tufayli koʻplab soʻxliklar joriy yilda xorijga ishga bora olmadi. Ayni kunlarda ularning bandligini taʼminlash va yangi ish oʻrinlari yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tumandagi 6 ming 845 nafar ishsiz, band boʻlmagan fuqarolarni ishga joylashtirish koʻzda tutilgan.
Ravon qishlogʻidagi akademik litseyda tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 28 ta tashkilot va korxonalar yoshlar uchun boʻsh ish oʻrinlarini taklif qildi. Oftobru qishlogʻida yashovchi Shohzamon Maʼrufjonov huquqshunoslik kollejini tamomlagan. Yarmarkada u tuman pensiya jamgʻarmasiga ishga joylashadigan boʻldi.
– Tumanimizdagi pedagogika kollejini tamomlaganman, – deydi Qalʼacha qishlogʻilik Sanoxon Xoʻjayeva. – Oʻzimning mutaxassisligim boʻyicha tuman bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga ishga yoʻllanma oldim.
Viloyat tashkilot va boshqarmalaridan kelgan vakillar har bir boʻsh ish oʻrni boʻyicha zarur maslahatlar berdi. Koʻplab yoshlar oʻzlari maqbul topgan ishga joylashadigan boʻldi.
Soʻxdagi soʻngi oʻzgarishlar haqida xabarlar berishda davom etamiz kuzatib boring...