Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Soʻx tumanida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda
11:40 / 2020-06-11

Bugun, Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Soʻx tumanida targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.


Bugun, Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan Soʻx tumanida targʻibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

“Chashma” chegara-bojxona postidan oʻtib, qadimiy yurt zaminiga qadam qoʻyarkanmiz purviqor togʻlar bizni oʻziga rom etdi. Oʻzbekistonning dil parchasi Soʻx bugun katta yangilanishlar arafasida.

Prezidentimizning topshirigʻi asosida tumanni har tomonlama taraqqiy ettirish yoʻlida izchil saʼy-harakatlar boshlandi.

Karantin tufayli ikki davlat fuqarolarining harakatlanishi uchun chegaralar yopilgani barchaga maʼlum. Shunday boʻlsada, Soʻx tumaniga yuk avtomashinalari muntazam qatnamoqda. Viloyat hokimligining koʻmagi bilan boshqa hududlarda qolib ketgan fuqarolar oʻz yashash manzillariga olib kelindi. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va boshqa zarur buyumlar ortilgan koʻmak karvoni Soʻxga joʻnatildi.

Aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan muammolar hal etilib, tuman obod hududga aylanmoqda. Besh yuzga yaqin soʻxlik yoshlar Tashkent sityda ishlash uchun yuborilmoqda. Bu kabi misollarni koʻplab keltirish mumkin. Bugun oʻtkazilayotgan tadbirlar ham chegaradosh tumanga boʻlgan eʼtiborning yorqin ifodasidir.

Tadbirlar doirasida “Vatanim taraqqiyotiga mening hissam” shiori ostida yoshlar mehnat yarmarkasi oʻtkazilib, ehtiyojmand oilalar xolidan xabar olinmoqda. Shuningdek, poytaxtdan kelgan malakali shifokorlar aholini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, zarur maslahatlar berayotir. Sanʼatkorlar esa Soʻx televideniyesi orqali dilrabo qoʻshiqlari bilan soʻxliklarga xushnudlik ulashish niyatida.

Saytimizni kuzatib boring Soʻxda oʻtkazilayotgan tadbirlar haqida maʼlumot berib boramiz.