Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Senat yalpi majlisi davom etmoqda
10:07 / 2018-09-28

Avval xabar berganimizdek, 2018 yil 27 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi ochilgan edi.


Avval xabar berganimizdek, 2018 yil 27 sentyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn oltinchi yalpi majlisi ochilgan edi.

Bugun – 28 sentyabr kuni soat 10.00 da yalpi majlisning ikkinchi ish kuni oʻz ishini boshladi.

Majlis kun tartibiga 21 masala kiritilgan boʻlib, birinchi ish kunida 14 masala koʻrib chiqilib, senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Bugun 7 masala, jumladan, 2018 yilgi Davlat byudjeti xarajatlariga oʻzgartishlar kiritish, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida, Bosh vazir oʻrinbosari – moliya vaziri J.Qoʻchqorovga parlament soʻrovi yuborish, Oʻzbekiston Respublikasi Bsh vaziri oʻrinbosari A.Abduhakimovning axboroti, Buxoro viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisoboti, Oliy sud tarkibiga oʻzgartirish kiritishga oid masalalar koʻrib chiqiladi.

Barcha masalalarga oid maʼlumotlar bilan onlayn tanishishni istasangiz saytimizni kuzatib boring.