Milliy statistika qo‘mitasida Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining birinchi — onlayn bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalarni taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tanlov shartlariga ko‘ra, savolnomada o‘zi va oila a’zolari haqidagi ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq kiritgan talabalar noutbuk va planshetlar bilan taqdirlanishi belgilangan edi.

Shunga muvofiq, tasodifiy tanlash (random) usuli orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida ishtirok etgan talabalar orasidan g‘oliblar aniqlandi.
Jumladan, Toshkent davlat agrar universiteti Alimardon Qayumov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan Nozima Sobirova, Guliston davlat pedagogika institutidan Marjona Mirzahamdamova, Jizzax davlat pedagogika universitetidan Xonsuluv Hakimova, Toshkent davlat transport universitetidan Gulyora Tohirjonovalar noutbuk sohibi bo‘lishdi.

Shuningdek, Samarqand davlat chet tillari institutidan Vasliddin Malikov, Guliston davlat universitetidan Guliston Bahriddinova, Namangan davlat universitetidan Omina Usmonjonova, Namangan davlat texnika universitetidan Bunyodjon Yo‘lchiyev hamda Nizomiy nomidagi O‘zMPUdan Aziza Xurramovalar planshet sohibi bo‘ldi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA