Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Qoʻqon Fargʻona vodiysining gavharidir
19:13 / 2019-09-14

Davlatimiz rahbari Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivali uchun aynan Qoʻqon shahri tanlangani albatta bejiz emasligini taʼkidlab, Buyuk ipak yoʻli chorrahasida joylashgan bu qadimiy shahar haqli ravishda “oltin vodiy” deb nom olgan goʻzal Fargʻona vodiysining gavhari ekanini qayd etdi.

Prezidentimiz ushbu xalqaro festival nafaqat koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi, balki jahon hunarmandlari, butun dunyo ustalarining katta bayrami ekanini taʼkidladi. Bu – olis tarix va bugungi zamon nafasini, turli qadriyat va anʼanalarni oʻzida yaqqol namoyon etadigan, mushtarak dillarni birlashtiradigan chinakam doʻstlik va hamkorlik anjumanidir. Aminmanki, dunyoda tinchlik va hamjihatlikni, goʻzallik va nafosatni targʻib etadigan bu festival jahon maydonida albatta oʻzining munosib oʻrnini topadi, dedi Davlatimiz rahbari.