Xitoyda onlayn - o‘yinlarga qarshi kurashish uchun juda noodatiy dastur ishlab chiqildi. Bu kibersport markazi ishtirokchilari har kuni soat 9:00 dan kechki 12:00 gacha, ya’ni 15 soat davomida faqat o‘yin o‘ynaydi.
Tanaffus faqat tushlik va yugurish uchun.
Qolgan vaqtda o‘yinchilarga o‘rnidan turishga ham ruxsat yo‘q. Maqsad – o‘yin qaramligidan chiqishga yordam berish. Ammo bu – o‘yin orqali o‘yin qaramligidan davolash degani.
Kurslar tekin emas.
1 haftalik kurs narxi – bir necha yuz dollar. To‘liq 22 kunlik kurs esa – 1400 dollar.
Tashkilotchilar aytishicha, bu orqali yoshlar intizomga, maqsadli hayotga va professional kibersportga yo‘naltiriladi.
Lekin tanqidchilar bu uslubni sog‘liq uchun xavfli, psixologik bosimga asoslangan va shunchaki pul ishlashning usuli deb baholamoqda.
Endi savol tug‘iladi:
Haqiqatan ham o‘yin orqali o‘yin qaramligidan qutulish mumkinmi?
Yoki bu – faqat o‘yinga boshqa tus berish xalosmi?
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/xo6iA9fQ6-A?si=S0u7EVILx2nYLFnE" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Madinabonu Nasriyeva, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA