Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ONLAYN. «O‘zekspomarkaz» O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumiga tayyor
11:50 / 2019-04-19

Avval xabar berganimizdek, bugun «O‘zekspomarkaz»da O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.


Avval xabar berganimizdek, bugun «O‘zekspomarkaz»da O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi. 

Ayni paytda ikki davlat ishbilarmonlari doirasi biznes-forum ishiga qizg‘in hozirlik ko‘rishmoqda.

Forumda infratuzilmani rivojlantirish sohasida hamkorlik masalalari muhokama etilib, yangi istiqbolli investitsiya loyihalari portfeli taqdim etilishi kutilmoqda.

Janubiy koreyalik tadbirkorlarga mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish omillari, investitsiyalarni kiritish istiqbollari to‘g‘risida axborot beriladi. 

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tadbirkorlarining turli sohalardagi qo‘shma loyihalari va ularni amalga oshirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilinadi.

Forumda, shuningdek, yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, ularning asosiy parametrlari va moliyalashtirish manbalari muhokama qilinadi. 

O‘zbekiston – Janubiy Koreya biznes-forumi yakunida geologiya, elektrotexnika va mashinasozlik tarmoqlari, qurilish materiallarini ishlab chiqarish, yengil, kimyo va neft-kimyo sanoati, fuqaro qurilishi va sayyohlik infratuzilmasi, bank-moliya sohasi xizmatlarida Koreya tomonini ishtirokini nazarda tutuvchi qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Saytimizni kuzatib boring, forum tafsilotlari yoritilib boriladi.