French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ONLAYN: Oʻzbekistonda pul almashadimi?
14:17 / 2018-09-25

Keyingi vaqtlarda odamlar orasida pul almashishi mumkinligi va inflyatsiyaning kuchayib borayotgani haqidagi mish-mishlar paydo boʻldi. Aslida qachon va qanday vaziyatlarda davlat puli oʻzgarishi mumkin? Agar shunday ehtimol boʻlsa, odamlar qancha vaqt oldin xabardor etiladi? Narx-navoning oʻsish tendensiyasi, inflyatsiya darajasi borasidagi fikrlarni mutaxassislar qanday izohlaydi?

Ushbu savollarga Milliy matbuot markazida Oʻzbekiston Markaziy banki hamda “Qishloqqurilishbank”ning qoʻshma anjumanida mutaxassislar javob berdi.

– Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha mansabdor shaxslar tomonidan aholiga real holatni va haqiqiy statistika maʼlumotlarni yetkazib berish boʻyicha qatʼiy topshiriq bergan. Guvohi boʻlayotganimizdek, Oʻzbekistonda inflyatsiya yashirilayotgani yoʻq.

Narxlarning oʻsish tendensiyasi eʼlon qilinmoqda, unga koʻra joriy yilda ham inflyatsiyaning darajasi yuqori boʻlishi kutilmoqda. Taʼkidlash kerakki, narxlarning bozor mexanizmlari asosida shakllantirish kelgusi davrlarda inflyatsiya “jilovini” tortib turish imkonini berishi tabiiydir.

Hozirgi paytda pulning almashishiga sabab ham ehtimol ham yoʻq. Mish-mishlar odamlarga qaysidir maʼnoda ogohlik va profilaktika chorasidek taʼsir qilishi mumkin. Biroq iqtisodiy-moliyaviy va bank tizimida mish-mishlarga emas rasmiy bayonotlarga tayangan maʼqul.

Qayd etish joizki, yaqin orada soʻmning qadri oshishi kutilmoqda. Xususan, yalpi ichki mahsulotga teng miqdorda mablagʻimiz boʻlganda uning qadrsizlanishi toʻxtaydi. Yana investitsiya kiritish hajmining oshishi ham pul qadrini oshiradi.