Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
ONLAYN: Oʻzbekiston-Rossiya: forum katta imkoniyatlarga yoʻl ochmoqda
12:25 / 2018-10-18

Forum doirasidagi sessiyada ikki davlatning turli sohalari buyicha tashkil etilayotgan klasterlarning amaliy natijalari tahlil etilmoqda va bu borada tajriba almashmoqda.


Forum doirasidagi sessiyada ikki davlatning turli sohalari buyicha tashkil etilayotgan klasterlarning amaliy natijalari tahlil etilmoqda va bu borada tajriba almashmoqda.

Sherzod Shukurov,
“Oʻzelektroapparat” aksiyadorlik jamiyati 
bosh direktori oʻrinbosari.

photo5350508689733298595.jpg

Aytilayotgan fikr-munosabatlardan xulosa qilish mumkinki, oʻzbek va rus ishbilaramonlari bugun boshlangan hamkorlikdan juda mamnun ekani quvonarlidir.

Mamlakatimizning eng yirik korxonalaridan biri boʻlgan “Oʻzelektroapparat” aksiyadorlik jamiyati murakkab va yuqori ilmiy-texnikaviy elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishda yetakchilardan hisoblanadi.

Korxonamiz 2006 yildan buyon Rossiya Federatsiyasining strategik ahamiyatga ega tashkilotlari bilan samarali hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, korxona milliy mahsulotlarimizni “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” brendi ostida Rossiyaning “Rosneft”, “Gazprom”, “Lukoyl”, Rossiya temir yoʻllari, Cheboksar elektrotexnika zavodi ehtiyojlari uchun oʻz mahsulotlarini tizimli ravishda yetkazib berib, yurtimizning ikki tomonlama savdo va eksport salohiyatini yuksaltirishga oʻz hissasini qoʻshib kelmoqda.

Korxona oʻn yildan ortiq davr mobaynida Rossiyadagi kompaniyalar bilan yirik loyihalarni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda korxona Rossiyaning koʻzga koʻringan tashkilotlari bilan nafaqat savdo-iqtisodiy, shuningdek, ikkitomonlama ilmiy tajriba va mutaxassislarning malaka oshiruvini ham yoʻlga qoʻygan.