Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn muloqot: Nukusda harbiylar hindistonlik hamkasblari bilan tajriba almashdi
06:50 / 2021-10-07

Ma’lumki, O‘zbeksiton va Xindiston o‘rtasida imzolangan 2021-2022 yillardagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasiga muvofiq kelgusi yilda “Do‘stlik – 2022” birgalikdagi o‘zbek-hind o‘quvi o‘tkazilishi belgilangan edi.

Xalqaro harbiy hamkorlik doirasida ikki davlat harbiylari ishtirokida o‘tkazilishi kutilayotgan ushbu o‘quvlar Xorazm viloyatidagi Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugga qarashli “Yangiariq” umumqo‘shin poligoni hududida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mazkur o‘quvlarni o‘tkazish hamda mehmon davlat vakillarining mamlakatimizga rejalashtirgan tashrifini muhokama qilish bo‘yicha onlayn muloqoti o‘tkazildi. Unda Toshkent shahridan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ofitserlari, Nukusdan Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi vakillari, Hindiston mudofaa vazirligi mas’ullari ishtirok etib, rejalashtirilgan o‘quvlar haqida fikr almashdi.

Uchrashuv davomida Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi tomonidan “Yangiariq” umumqo‘shin poligonining jangovar imkoniyatlari, yaratilgan qulay sharoitlar va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mavjud o‘quv-moddiy baza namoyish etildi.

Ta’kidlash joizki, xalqaro miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug hududidagi harbiy poligonlarida shu vaqtga qadar o‘tkazilmagan.

Suhbat davomida mehmon tomon kelgusi rejada turgan o‘quvlarning o‘tkazilishi yuzasidan shu yilning dekabr oyida O‘zbekistonga kelish istagini bildirdi. Ayrim masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Timur Narziyev,

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug

matbuot xizmati boshlig‘i.

O‘zA