Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn media sohasi rivojida yangicha yondashuvlar
17:31 / 2026-02-06

Bugungi onlayn media sohasi raqamli transformatsiya va innovatsion texnologiyalar tufayli tubdan yangilanmoqda. Zamonaviy yondashuvlar kontent yaratish, sohaning ilmiy-tadqiqot asoslarini qayta shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda. Bu jarayonda kadrlar salohiyati alohida ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘lib o‘tgan konferensiyada ayni yo‘nalishdagi masalalarga e’tibor qaratildi. “Onlayn media hamkorlik ekotizimi: innovatsion yondashuvlar va raqamli transformatsiya” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda mahalliy va xorijiy olimlar hamda media sohasi vakillari, ekspertlar ishtirok etdi.  

Universitetning Raqamli media va internet jurnalistikasi kafedrasi hamda “Zarra” vizual tadqiqotlar va multimedia loyihalar laboratoriyasi hamkorligida tashkil etilgan konferensiyada zamonaviy jurnalistikaning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

[gallery-27516]

Ma’lumki, global va milliy media makonida axborot iste’moli modeli tubdan o‘zgarmoqda. Xususan, bugungi kunda dunyo aholisining qariyb 75 foizi raqamli makonda faol, O‘zbekistonda esa internet foydalanuvchilarining 90 foizdan ortig‘i yangiliklar va tahliliy kontentni asosan telegram va instagram platformalari orqali qabul qilmoqda.

Tadbirda algoritmik jurnalistika va ishonch muammosi, sun’iy intellekt asosida yaratilayotgan kontent, kiberxavfsizlik hamda Deep Fake texnologiyalari sharoitida jurnalistlar duch kelayotgan kasbiy va etik masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, onlayn media hamkorlik ekotizimini rivojlantirish, raqamli transformatsiya jarayonlariga moslashish va zamonaviy axborot tahdidlariga samarali javob berish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur konferensiya jurnalistlar, muharrirlar va tadqiqotchilar uchun tajriba almashish, dolzarb muammolarni tahlil qilish hamda barqaror media modelini shakllantirishga xizmat qiladi.

Marhabo HOJIAKBAROVA,  

Farhod ABDURASULOV (surat), O‘zA