Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Farg‘onadan xushxabar: “Rishton” chegara-bojxona posti ochilmoqda
09:41 / 2019-08-30

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Rishton” chegara bojxona posti barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalarni harakatlanishlari uchun ochildi.


Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi tasarrufidagi “Rishton” chegara bojxona posti barcha fuqarolar hamda yengil avtomashinalarni harakatlanishlari uchun ochildi. Mustaqilligimizning 28 yilligi bayramiga bu katta tuhfa bo‘ldi.

Bu xushxabarni ikki qardosh xalq katta xursandchilik bilan kutib oldi. Ayniqsa, mazkur bojxona chegara postining ochilishi So‘x tumani aholisi uchun katta qulayliklar yaratmoqda. Tuman aholisi bir necha yillar davomida viloyat markaziga kelishi uchun uzoq yo‘l bosib, soatlab vaqt sarflab, “Vodil” bojxona chegara posti orqali qatnardi. Endilikda esa ortiqcha ovoragarchiliklarga barham berildi. Yo‘l qariyb 42 kilometrga qisqardi.

Ayni paytda “Rishton” bojxona chegara postining ochilish tadbiri boshlanmoqda.

Qo‘shnichilik munosabatlari, do‘stlik rishtalari hamda hamkorlikning yanada mustahkamlanishi, qo‘shni davlatga borish-kelishdagi to‘siqlar, ortiqcha rasmiyatchiliklar olib tashlangani, ayniqsa, asrlar davomida qo‘shni yashayotgan, tili, dili, dini bir ikki xalq aholisini behad quvontirdi.

Mazkur “Rishton ”bojxona chegara posti shu kunga qadar faqatgina Rishton tumani hamda Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani fuqarolarini piyoda harakatlanishlari uchun ochiq edi.