English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn: Davlat tomonidan fuqarolarning uylari buzilganda, unga teng qiymatdagi turar joy beriladi
12:07 / 2021-12-14

Majlisda dastlab “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim qonunlardagi “doimiy propiska qilish” va “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalarini “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirish, bir qator qonunlarda biometrik pasportga oid ishlatilayotgan tushunchalar kelgusida identifikatsiyalovchi ID-karta bilan qo‘llanilishi sababli ushbu qonunlarga identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchasi kiritilishi nazarda tutilgan.  

O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirganlik uchun davlat boji miqdorini belgilash, fuqaro identifikatsiyalovchi ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmaganida, yaroqsiz holga keltirganda yoki yo‘qotib qo‘ygan taqdirda, ma’muriy javobgarlikka tortish masalasida yuzaga kelgan huquqiy bo‘shliq bartaraf etilmoqda.

Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish”, “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” hamda identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchalari bilan bog‘liq bo‘shliqlarning bartaraf etilishiga xizmat qiladi.  
 
Xalq vakillari qonun loyihasi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bildirilgan taklif va mulohazalardan kelib chiqib, qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Shuningdek, majlisda O‘zbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda muhokama qilindi.

Uy-joy kodeksining 27-moddasiga binoan, yer uchastkalari davlat yoki jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolar mulkida bo‘lgan uylar (kvartiralar) buzilgan taqdirda, mulkdorlarga ularning tanlovi bo‘yicha va taraflar kelishuviga ko‘ra, uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan kam bo‘lmagan sahndagi, barcha qulayliklari bo‘lgan, avvalgisiga teng qiymatli boshqa turar joy mulk qilib beriladi. 

Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi jamoat ehtiyojlari uchun kompensatsiya evaziga yer uchastkalarini olib qo‘yish masalalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladigan qonun hujjatlari bilan tartibga solinishi, nizoli vaziyatlarni oldini olinishi va ushbu sohadagi nizolarni samarali hal etish, yer uchastkalari egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.  

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi. 

Parlament quyi palatasi majlisi davom etmoqda. 

 

Muhtarama Komilova, O‘zA