Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn-auksionlarda 2859ta boʻsh yer uchastkalari sotildi
11:02 / 2019-02-01

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 47ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjud.


“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 47ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjud.

Savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi..

Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi. 

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi. 

Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 5307 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl. 846 mlrd. 462 mln. soʻm investitsiya kiritish, 27953 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 96mlrd769mln500ming soʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi. 

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2859ta boʻsh yer uchastkalari 802 mlrd. 823 mln. soʻm investitsiya kiritish, 11138 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 19 mlrd. 127 mln. 300 ming soʻmga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2448 ta boʻsh yer uchastkalari 90 mlrd. 188 mln. 800 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 207 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 9 mlrd. 383 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 179 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 850 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 83 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 889 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 36 mlrd. 425 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 188 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 89mlrd. 535 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 256 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 70 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 141 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 750 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 377 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 12 mlrd.290 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 396 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 591mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 342 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 925 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.

- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 166 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 900 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi.

- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 201 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 10 mlrd. 140 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 94 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 750mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 34 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 722 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 49 mlrd. 635 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 308 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 3517 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 171 mlrd. 75 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 10 mlrd. 904mln. 308 soʻm miqdorga sotildi.

“E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 47 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 641 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 99 mlrd. 170 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Jumladan: 

- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 223 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan2 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 9 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 19 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 800 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 200 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 800 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 26 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 70 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 75mlrd. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 8 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 89 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 670 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 5 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 250 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.

AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI

“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar

ROʻYXATI

photo5377423630574660192.jpg

photo5377423630574660193.jpg

photo5377423630574660194.jpg