Onlayn-auksionlarda 233 ta boʻsh turgan davlat mulki obyekti sotildi
Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 156 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjud.
Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 156 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari mavjud.
Joriy yilning 11 oktyabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat mulki obyektlarini va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni tadbirkorlik subyektlariga sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, endilikda, savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida aniqlangan koʻchmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 soʻmga teng qiymatdagi boshlangʻich narxda sotilishi belgilandi.
Shuningdek, boshqa koʻchmas mulk obyektlari boʻyicha – qayta baholanmasdan, ularni oʻtkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga oʻtkaziladi va savdoga chiqariladi.
Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion oʻtkazmasdan, investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va boʻsh turgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tugʻildi.
Unga koʻra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish boʻyicha eksperiment tartibi belgilandi.
Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.
“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar xokimliklari tomonidan 4505 ta boʻsh yer uchastkalari, 1 trl. 475 mlrd. 568 mln. soʻm investitsiya kiritish, 23490 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 78mlrd. 148 mln.200 mingsoʻm miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 1884ta boʻsh yer uchastkalari 586 mlrd. 669 mln. soʻm investitsiya kiritish, 7443 dan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish sharti bilan 13mlrd. 964mln. 900 ming soʻmga sotildi.
Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2621 ta boʻsh yer uchastkalari 74 mlrd. 959 mln. 800 ming soʻm miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.
Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kundabirgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 172 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd. 313 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 225 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 107 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 1079 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 42 mlrd. 525 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 15 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 115 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 14 mlrd. 475 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 29 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 471 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 47 mlrd. 680 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 111 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 470 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 31 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 244 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 660 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 501 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 8 mlrd.331mln. 596 ming soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 35 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 397 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 12 mlrd. 725 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 28 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 386 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 15 mlrd. 700 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi maʼlum boʻldi;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 20 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 175 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 790 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 22 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 158 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 7 mlrd. 410 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 396 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 30 mlrd. 280 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 233 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 2539 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 98 mlrd. 128 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan 9 mlrd. 928 mln. 233 soʻm miqdorga sotildi.
Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 156 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari 1930 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 123 mlrd. 582 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 2 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 20 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 46 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 5 mlrd. 100 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Fargʻona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 46 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 453 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 20 mlrd. 750 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 7 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 29 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 700 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 304 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 40 mlrd. 760 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 8 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 61 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 770 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 8 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 75 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 4 mlrd. 670 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 134 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 3 mlrd. 402 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 7 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 94 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 2mlrd. 950 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 288 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 11 mlrd. 350 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 31 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 1 mlrd. 120 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 126 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 6 mlrd. 510 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 10 ta boʻsh turgan davlat mulki obyektlari boshlangʻich bahosi 1 soʻm miqdorida, 170 yangi ish oʻrinlarini yaratish hamda 22 mlrd. 250 mln. soʻm investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;
Tadbirkor va investorlar oʻzlariga maʼqul boʻlgan yer uchastkalarini hamda boʻsh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatlari mavjud.
AUKSIONDAGI ISHTIROKINGIZ YURT RAVNAQI HAMDA BIZNЕSINGIZ TARAQQIYOTIGA ULKAN HISSA QOʻSHADI
“E-IJRO AUKSION”YAESMga savdoga qoʻyilgan 1 soʻmlik binolar
ROʻYXATI