English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onlayn-auksion savdolarida 17 ta geologik ob’ekt 18,9 milliard so‘mga sotildi
17:05 / 2021-08-05

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tomonidan geologik ob’ektlarni shaffof mexanizmlar asosida investorlarga foydalanishga berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Qo‘mitaning jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi boshlig‘i Ziyoda Ahmedova  ma’lum qilishicha, joriy yilning fevralida geologiya sohasida investitsiyalarni yanada jadallashtirish hamda 50  ta kon va istiqbolli maydonlarni mahalliy va xorijiy investorlarga shaffof mexanizmlar asosida foydalanishga berish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqildi. U 2021  yil 11  fevralda tasdiqlandi.

– 2021 yilda 26 ta geologik ob’ekt “E-AUKSION” auksion savdosiga joylashtirildi hamda o‘tkazilgan onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra 17 ta geologik ob’ekt 18,9 milliard so‘mga sotildi hamda ruxsatnomalar rasmiylashtirildi. Shuningdek, 9 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion savdolari e’lon qilinib, 2021  yil 29  iyulda auksion tanlovlari o‘tkazildi.  Unda 1 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion g‘oliblaridan jami 3,6 milliard so‘mlik takliflar olindi, – dedi Z.Ahmedova.

Shu bilan birga, joriy yilning avgust oyida 8 ta geologik ob’ekt bo‘yicha auksion tanlovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 2021  yilning iyun-avgust oylarida geologiya-qidiruv ishlari yanada jadallashtirilmoqda. Bunda qo‘shimcha 24 ta istiqbolli maydon va kon geologik asoslanadi va har bir ob’ekt bo‘yicha tizerlar, taqdimotlar tayyorlanib auksion savdolari orqali investorlarga taklif etiladi.

 

Nasiba ZIYODULLAEVA,

 

O‘zA