Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich) loyihasi amalga oshiriladi
11:35 / 2026-01-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 maydagi “Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ – 242-son qaroriga o‘zgartirishlar kiritish haqida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 13 maydagi "Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi "O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-242-son qaroriga: 

loyihani amalga oshirish uchun Islom taraqqiyot bankidan 10 million AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha qarz jalb etish; 

Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi majmuasi hamda uning filiallarini jihozlash uchun qo‘shimcha tibbiy va diagnostika jihozlarini xarid qilish; 

loyihani amalga oshirish doirasida xarid qilinadigan va olib kiriladigan tovar (xizmat)larni Soliq kodeksiga muvofiq qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etishni  nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritiladi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish hamda muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB qarzidan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi. 

Qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda bitim rasmiylashtirilgan tashkilot loyiha doirasida tibbiy va diagnostika jihozlarini yetkazib berish uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha kontragent hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, oldinroq Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish" loyihasining I bosqichida Respublika ixtisoslashgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining hududiy filiallariga 2016-2021 yillar davomida umumiy qiymati 22,8 million AQSH dollari miqdoridagi davolash, diagnostika hamda radioterapevtik tibbiy jihozlar yetkazib berilgan va ishga tushirilgan;

O‘zbekiston Respublikasi va Islom taraqqiyot banki o‘rtasida 2021 yil 4 sentyabrda "O‘zbekiston Respublikasi onkologiya muassasalarini modernizatsiya qilish (II bosqich)" loyihasini moliyalashtirish uchun 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga jami 80 million AQSH dollari miqdorida hadli va agentlik kelishuvlari imzolangan;

O‘zbekiston Respublikasi va ITB o‘rtasida 2025 yil 24 aprelda loyihani 10 million AQSH dollari miqdoridagi qo‘shimcha mablag‘lar bilan moliyalashtirish uchun hadli kelishuvga qo‘shimcha kelishuv imzolangan va qarzning umumiy miqdori 90 million AQSH dollarini tashkil etgan;

Loyihaning umumiy qiymati 133,0 million AQSH dollariga teng tuzatish kiritilgan texnik-iqtisodiy hisobi ishlab chiqilganligi va vakolatli davlat organlarida ekspertizadan o‘tkazilganligi, bunda 43,0 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar, shu jumladan, soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berish shaklidagi - 15,53 million AQSH dollari ekvivalentidagi mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishdagi ulushini tashkil etishi; 

loyihaning II bosqichini 2022-2027 yillarda amalga oshirish doirasida onkologiya muassasalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi majmuasi hamda uning filiallarini jihozlash uchun kontragent bilan o‘rnatilgan tartibda imzolangan bitim doirasida 200 turdan ortiq tibbiy jihozlarni xarid qilish, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Saratonni o‘rganish xalqaro agentligi bilan imzolangan bitimlar doirasida onkologiya xizmati salohiyatini tubdan oshirish, saratonni boshlang‘ich bosqichlarida aniqlash va ushbu yo‘nalishda soha mutaxassislarini o‘qitish va tayyorlash, onkologiya sohasida ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlashning elektron tizimini yaratishga hamda Xalqaro atom energiyasi agentligi mutaxassislarini jalb qilgan holda, yadro tibbiyotini joriy qilishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilgan edi.

O‘zA