Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
O‘nhayatlik o‘quvchilarga bayram tuhfasi
14:54 / 2022-08-30

Namangan viloyati Uychi tumanidagi O‘nhayat mahallasida Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi bayramiga munosib tuhfa sifatida 3-sonli umumta’lim maktabi binosi foydalanishga topshirildi.

“Obod qishloq” dasturi asosida olib borilgan 9 milliard 456 million so‘mdan ziyod bunyodkorlik ishlari natijasida ushbu muassasa tamomila o‘zgacha chiroy ochib, zamonaviy qiyofa kasb etdi.

Ochilish tadbirida ushbu maskanning foydalanishga topshirilishi mamlakatimizda so‘nggi yillarda ta’lim tizimini isloh qilish, kelajagimiz poydevori sanalgan yoshlar tarbiyasi, ularga zamon talablari asosida shart-sharoitlar yaratilayotganining amaldagi ifodasi ekanligi ta’kidlandi.

Ma’lumot uchun, 2017-2021 yillarda Namangan viloyatidagi 85 maktabda mukammal ta’mirlash, 90 tasida kapital rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, 15 ta yangi maktab qurib foydalanishga topshirildi. Ushbu ezgu maqsadlar yo‘lida 664 milliard 500 million so‘mdan ortiq mablag‘lar sarflandi.

[gallery-8577]

Birgina, 2022 yilning o‘tgan davrida viloyatda investitsiya va boshqa dasturlar ijrosi doirasida 13 ta maktabda mukammal ta’mirlash, 14 tasida esa rekonstruksiya ishlari olib borildi. Yangi o‘quv yilida esa 6 ta yangi maktab o‘z faoliyatini boshlash arafasida. Mazkur sa’y-harakatlar uchun 213 milliard so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirildi.

– 1928 yilda tashkil topgan dargohimiz bundan 10 yil oldin dasturga tushgan edi, keyingi yillarda o‘quvchilar 2,3 koeffitsentda o‘qib, ancha qiyinchiliklar kelib chiqayotgan edi, – deydi maktab direktori Akmal Abdullayev. – Bugunga kelib ana shu zahmatlar ortda qoldi. 84 nafar pedagog xodim va 1650 nafar o‘quvchi yaqinlashib kelayotgan yangi o‘quv yilini ta’lim standartlari talablariga mos keluvchi maskanda boshlaydi. 420 o‘rinli uch qavatli qo‘shimcha bino qurildi. Bu bilan qamrov 1140 o‘ringa yetdi. Oldinlari texnologiya xonalari, oshxona, kutubxona, zamonaviy laboratoriyalar mavjud emas edi. Endilikda bularning barchasi farzandlarimiz ixtiyorida.

Maktabning har bir sinf xonasi o‘quvchilar kayfiyatini ko‘taruvchi ranglar, ayniqsa, kimyo, biologiya, fizika, xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv xonalari zarur jihozlar, informatika xonasi esa zamonaviy interaktiv doskalar, kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlandi.

 

Oqilxon Dadaboyev, Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA